


"Kvaratsxeliya bilan to'qnashuv meni tetiklantirdi, chunki men bunday futbolchilarga qarshi o'ynashni yaxshi ko'raman. Kelajakda fenomenal o'yinchi bo'ladiganga o'xshaydi va ehtimol, hozir u A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi. Lekin Kvaratsxeliya – bu mashg'ulotlardagi Leau. Rafael yugurishni boshlaganida, xuddi "Napoli"ga qarshi o'yindagi kabi, uni to'xtatish juda qiyin. Bu uning kuni emas, deb umid qilishingiz kerak. Siz yo tezroq bo'lishingiz kerak yoki u maqsad sari yo'l topolmasligiga umid qilishingiz lozim", – dedi Davide Kalabriya.



