Milan Eriksen bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib oldi

19 iyul 2013, 12:13
"Milan" Kevin-Prins Boateng sotuvidan tushgan pulga, "Ayaks" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni tarkibiga qo'shib olish niyatida.
"Rossonerilar" 26 yoshli ganalik futbolchi evaziga 13 million evro qo'lga kiritishga umid qilishyapti. Eriksen transferi esa 15 million ekanligi takilanyapti. 

"Milan" bu orada 21 yoshli daniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishib bo'ldi, deya xabar bermoqda Panorama.

Manbaning xabar berishicha, italyan klubi Eriksen bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnomani imzolashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, daniyalik futbolchi bilan "Liverpul", "Roma" va "Bayer" klublari ham qiziqmoqda. 

Manba: sports.ru