"Milan" darvozaboni Menyan qancha muddatga safdan chiqdi?

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022
Mayk Menyanning tiklanish vaqti ma'lum bo'ldi.

"Milan" darvozaboni Fransiya terma jamoasida Millatlar Ligasi doirasidagi Avstriyaga qarshi o'yinda jarohat olgani bois tanaffusda almashtirildi.

"Sky Sport Italia" nashri xabariga ko'ra, darvozabon boldir suyagidan jarohat olgan va bir oyni o'tkazib yuborishi mumkin.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 7 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazib yubordi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia