"Milan" Dalotni MYUdan xarid qilmaydi

Alisher
2 mar 2021, 17:15
"Milan"da o'ynayotgan "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot joriy mavsum so'nggida Angliyaga qaytadi.

"Rossonerilar" rahbariyati o'yinchini "qizil iblislar"dan xarid qilishmaydi. Milan klubi bosslarini Dalotning joriy mavsumdagi harakatlari qoniqtirmadi.

Diogu joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushdi.

"Milan" 24 turdan so'ng 52 ochko jamg'argan holda Italiya A Seriyasi jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport