“Milan” “Chelsi”ga Morata uchun Donarummani taklif qiladi

13 iyun 2018, 07:45
Milan klubi Alvaro Moratani o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.

Buning uchun milanliklar “Chelsi”ga Janluiji Donarummani taklif qiladi. Avvalroq “Milan” Donarummani 70 mln evroga sotishini ma'lum qilgan edi.

“Chelsi” esa bu taklifga rozi bo'lishi mumkin. Sababi bir yildan so'ng klub bilan shartnomasi yakunlanadigan Tibo Kurtua shu mavsumning o'zidayoq jamoani tark etishi mumkin. “Chelsi” o'z navbatida “Roma” darvozaboni Alissonga ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport