"Milan" 32 mln. evroga forvard sotib oldi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2025
Santyago Ximenes "Milan"ga o'tdi.

Italiya klubi "Feyenoord" hujumchisi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. Tomonlar 2029 yilgacha bo'lgan bitimga imzo chekishdi, futolchi 7 raqamni oldi.

Oldinroq, "rossoner"lar meksikalik futbolchi uchun 32 mln. evro to'lashi e'lon qilingan edi.

Santyagoning klubdagi yillik maoshi 2,2 mln. evroni tashkil qiladi.

Ximenes joriy mavsum Niderlandiya chempionatining 11ta uchrashuvida 7ta gol urib, 1ta golli pas bergan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com