Migel Alvares: "Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik"

Mirjalol Normatov
10 sen 2022, 23:21
Coca Cola Superliganing 18-turi doirasida "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin mezbon jamoa yangi bosh murabbiyi Migel Alvares o'z fikrlarini bildirdi.

- Menimcha bugun yaxshi futbol namoyish qildik. Raqobatbardosh jamoa bo'lib, birdam harakat qila oldik. "Nasaf" jamoasi bo'sh hududlarni topishga qiynaldi. Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. 0:0 paytida yaxshi vaziyatdan foydalana olmadik. O'zimizdan faxrlanishimiz kerak. "Nasaf" bosh murabbiyi hamda Marko Stanoevich o'yindan keyin bizni maqtab o'tishdi. 

Oldimizda "Lokomotiv", "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinlar bor. Buni yaxshi o'tkazish uchun qattiq mashg'ulotlar olib boramiz va oldinga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia