Meyson Maunt jarimaga tortildi

Mirjalol Normatov
16 mar 2020, 20:44
"Chelsi" futbolchisi Meyson Maunt klubga jarima to'laydi.

"Mirror" xabariga ko'ra, Kallum Xadson-Odoida koronavirus aniqlangani sababli joriy etilgan karantinni Maunt buzgan. U "Vest Xem"da o'ynaydigan do'sti Deklan Rays bilan birga "Trent Park" futbol markazida ko'rinish bergan. O'sha vaqtda jamoa futbolchilari karantinda edi.

Ayni damda koronavirus sababli APLning barcha klublari karantinga olingan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror