Meyson Grinvuddan barcha ayblovlar olib tashlandi. Futbolchi zo'rlash va tan jarohatlari etkazishda ayblangandi

Administrator
2 fev 2023, 20:01
Barcha ayblovlar Meysondan olib tashlandi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilning yanvar oyida Meyson Grinvud o'zining qiz do'sti Xarriet Robsonning ayblovlaridan so'ng qamoqqa olingandi. Jabrlanuvchi qiz Grinvudga zo'rlash va uning joniga tajovvuz qilish aybini qo'ygandi va ushbu holatga aloqador suratlar va audioyozuvlarni internetga chiqargandi.  Shundan so'ng "Yunayted" Grinvudni jamoa mashg'ulotlari va o'yinlardan chetlatgandi. 2022 yilning 2 fevral kuni futbolchi garov evaziga ozodlikka chiqarilgandi. Oktyabr oyida esa jabrlanuvchi qiz bilan aloqa qilgani uchun yana qamoqqa qaytarilgandi. 

Bugun esa Katta Manchester policiyasi Grinvudga qo'yilgan ayblovlarni olib tashladi. 

"2022 yilning yanvar oyida ochilgan jinoyat ishi to'xtatiladi. Ushbu voqeani OAV keng yoritganligi sababli, biz ushbu ma'lumotni e'lon qilishni maqul topdik", -deyiladi policiya bayonotida. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC Sport