Mesut O'zil Osiyoda 50 mln evrodan ko'proq maosh olishi mumkin edi

Tolibjon Qosimov
14 noya 2018, 16:28
Nomi oshkor qilinmagan Osiyo klublaridan biri "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zilga yiliga 50 million evrodan ko'proq maosh to'lashga tayyor edi.

Buni "London Evening Standard" nashri tasdiqladi. Yana ham aniqrog'i, o'yinchining haftalik maoshi 1,15 mln evro bo'lardi. Lekin, germaniyalik futbolchi "kanonirlar" safida qolishga qaror qildi va shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: London Evening Standard