Messisiz Argentina Kosta Rikani ishonchli hisobda mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
27 mar 2024, 12:00
Bugun tongda Argentina terma jamoasi Kosta Rika bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Leo Messi jarohat sabab ushbu bellashuvni o'tkazib yubordi. O'yinda amaldagi Jahon chempionlari Di Mariya, Makallister va Martineslarning gollari evaziga 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu bahsda argentinaliklar safida 19 yoshli MYU a'zosi Alexandro Garnacho ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.

O'rtoqlik uchrashuvi

27.03.2024

Argentina - Kosta Rika 3:1

Gollar: A.Di Mariya 52, A.Makallister 56, L.Martines 77 - M.Ugalde 34

Argentina: Valter Benites, Nauel Molina, Kristian Romero, Nikolas Otamendi (Xerman Peccelya, 82), Nikolas Talyafiko, Jovani Lo Chelso (Rodrigo de Paul, 72), Aleksis Makallister (Leandro Paredes, 60), Enco Fernandes (Nikolas Gonsales, 82), Anxel Di Mariya (Valentin Karboni, 82), Xulian Alvares, Alexandro Garnacho (Lautaro Martines, 71).

Kosta Rika: Keylor Navas, Xakzel Kuiros, Fernan Faerron, Xulio Kaskante, Fransisko Kalvo, Ariel Lassiter (Jozef Mora, 90), Xosimar Alkoser (Varren Madrigal, 68), Orlando Galo, Brendon Agilera (Jefferson Brenes, 68), Alvaro Samora (Elias Uguilar, 80), Manfred Ugalde (Entoni Kontreras, 90).

Ogohlantirishlar: N.Molina 45+2 - F.Faerron 71

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia