Messining xet-trigi “Barselona”ga yirik g'alabani taqdim etdi

Aziz Tukhtamuradov
19 sen 2018, 00:16
“Barselona” klubi YCHL guruh bosqichini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi.

Kataloniyaliklar “Kamp Nou” stadionida Gollandiya chempioni PSV klubini qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchishdi. Jamoa sardori Lionel Messi xet-trikka erishdi, Usmon Demebele esa yana bir golga mualliflik qildi. 

Uchrashuvning 79-daqiqasida Samuel Yumtiti ikkinchi sariq kartochka evaziga maydondan chetlatildi. “Barselona” maydonda bir kishi kam qolsada, 87-daqiqada Messining aniq zarbasi evaziga to'rtinchi golni kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

Barselona Ispaniya – PSV Gollandiya 4:0 (1:0, 3:0)

"Kamp Nou" stadioni

Gollar: 1:0 – 31 Messi, 2:0 – 74 Dembele, 3:0 – 77 Messi, 4:0 – 87 Messi.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Umtiti, Rakitich (Vidal, 85), Buskets, Koutino (Langle, 81), Dembele (Artur, 83), Messi, Suares.

PSV – Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever (Izima-Miren, 66), Xendriks, Pereyro, Losano, Rosario (Guterres, 82), Bergveyn (Malen, 78), de Yong.

Ogohlantirishlar: Virgever (30), Umtiti (55), de Yong (57).

Chetlatish: Umtiti (79).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif