Messining so'nggi bahslardagi shaxsiy ko'rsatkichlari bilan tanishing

2 noya 2019, 23:32
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining 12-turi doirasidagi "Levante"ga(1:3) qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.

O'yinning 38-daqiqasida "Levante" darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan Messi so'nggi 5 uchrashuvdagi o'zining 6-golini kiritdi.

Argentinalik futbolchi bunga qadar "Slaviya" (2:1), "Eybar" (3:0) va "Sevilya" (4:0) jamoalari darvozasiga bittadan gol kiritgan bo'lsa, "Valyadolid"(5:1) darvozabonini ikki bor ranjitgandi.

Bundan tashqari, Leo 3 bor sheriklarini golli uzatma bilan ham taminlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia