Messining otasi MLS klubi bilan muzokara o'tkazdi

Mirjalol Normatov
15 sen 2019, 16:55
"Barselona" sardori Leo Messining otasi MLS vakili bo'lgan Devid Bekxemning klubi hisoblangan "Inter Mayami" bilan muzokaralar o'tkazdi.

"Mirror" xabariga ko'ra, Angliya termasining sobiq  sardori ushbu mavsum yakunlanganidan keyin futbolchiga jamoasi bilan shartnomasini bekor qilishini va mo'maygina maosh taklif qilgan. O'z navbatida "Barselona" rahbariyati argentinalik bilan bir umrlik shartnoma imzolamoqchi.

Ayni damda forvard jarohati sababli o'yinlarda qatnasha olmayapti.

32 yoshli Messi "Barselona" tarkibida 2003 yildan buyon harakat qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror