Messining otasi "Inter Mayami" bilan muzokara olib bormoqda

Оқил Абдубарноев
4 may 2023, 19:49
Argentinalik futbolchiga yana ikki klub jiddiy qiziqish bildirgan.

PSJ hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti Xorxe Messi "Inter Mayami" xo'jayini Xorxe Mas bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, avvalroq tomonlar dastlabki kelishuv bo'yicha o'zaro muloqot qilishgandi. Argentinalik hujumchi uchun kurashda Saudiyaning “Al Hilol” va “Barselona” jamoalari raqobatchi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: barcauniversal.com