Messining otasi "Al Hilol" bilan muzokaralar olib borish uchun Saudiya Arabistoniga bordi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023, 10:15
Buyuk qarama-qarshilikning qayta tug'ilishi ro'y beradimi?

Lionelning otasi Xorxe Messi allaqachon Saudiya Arabistonida va "Al Hilol" bilan muzokaralarni boshlagan, deb xabar berdi "Daily Mail". Lionel Messi PSJda qolib, 2023 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi edi.

Biroq "Al Hilol" taklif qilayotgan shartlar Leoning e'tiborini tortishi mumkin. Axir, gap yiliga 300 million evroni tashkil etadigan maosh haqida ketmoqda. Saudiya Arabistoni davlatining o'zi ulug'vor bitimni moliyalashtirishga tayyor. Bu mamlakat Messi va Ronaldu o'rtasidagi qarama-qarshilikni qayta tiklash uchun bunday mablag'ni sarflashga qodir. Negaki, Krishtianu allaqachon Ar-Riyodning "Al Nassr" klubi futbolchisi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni JCH-2030 mezbonligi uchun da'vogarlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, kecha "Al Hilol" Messini sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar chop etildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail