Messining keyingi jamoasi qaysi bo'lishi mumkinligini Rivaldo taxmin qildi

Mirjalol Normatov
13 fev 2020, 21:00
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar yetakchisi Leo Messining navbatdagi jamoasini taxmin qildi.

"Messi "Barselona"dan ketishiga ishonmayman. Menimcha, u faoliyatini "Kamp Nou"da yakunlaydi. U 14 yildan buyon klubda o'ynamoqda. Boshqalardan ko'ra aynan unga ko'proq e'tibor beriladi. Agarda u "Barselona"dan ketsa, Totti kabi "Roma" yoki Rojerio Seni kabi "San Paulu"ga ketishi mumkin

Nima bo'lgan taqdirda ham u "Barselona"ga qarshi o'ynamaslikka intiladi. Shu boisdan unga MLS yoki Xitoy chempionati maqulroq", - dedi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal