Messining goli "Inter Mayami"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolmadi

Omonjon To`xtamirzayev
30 may 2024
"Inter Mayami" MLSning 25-turi doirasida "Atlanta Yunayted"ga qarshi kurash olib bordi (1:3).

Mehmonlar safida Saba Lobjanidze 44 va 59-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. Lionel Messi 62-daqiqada oradagi farqni qisqartirdi, lekin 73-daqiqada Tiare Jamal yakuniy nuqtani qo'ydi.

Ushbu o'yindan keyin "Inter Mayami" Sharqiy konferenciyada 34 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi, "Atlanta Yunayted" esa 16 ochko bilan 12-pog'onani band etib turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia