Messining "El-Klassiko"da ishtirok etishi borasidagi qaror ertaga qabul qilinadi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019, 21:10
"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohat tufayli "Real"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Messining "Real" bilan bahsda qatnashishi borasidagi qaror ertaga, 5 fevral kuni qabul qilinadi. Forvard "Valensiya"ga qarshi bahsda engil jarohat olgan edi.

"Barselona" - "Real" o'yini 6 fevral kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es