
"Bizga qiyin bo'lishini bilamiz, ammo jamoamiz yana bir marotaba ushbu turnir g'olibiga aylanishi mumkin. Biz kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz. "Yuventus" jismonan kuchliligi bilan ajralib turadi va ularning safida Teves kabi kuchli futbolchi bor. Final uchrashuvida hamma narsa bo'lishi mumkin, lekin biz odatdagiday tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz" - deydi Messi.