Messi yana Louis Vuitton uchun suratga tushdi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2023
Lionel Messi Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi reklamasida suratga tushdi.

PSJ forvardi Louis Vuitton ning Horizon chemodanlarini reklama qildi. Futbolchi suratda qora ikkilik kostyumda va chelsi oyoq kiyimlarida aks etgan.

Messi 2022 yilning noyabrida Louis Vuitton uchun Krishtianu Ronaldu bilan bitta reklamada suratga tushgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Louis Vuitton