Messi Verrattini o'z poziciyasidagi yetakchi futbolchi deb atadi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2021, 20:56
PSJning yangi a'zosi Lionel Messi jamoadoshi Marko Verrattini maqtadi.

- Verratti PSJ uchun Xavi yoki Inestaga aylanishi mumkinmi? Ha, bunga shubha yo'q. U yillar davomida o'zini ajoyib futbolchi va o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshisi ekanligini isbotladi. Barselona uni sotib olmoqchi edi, lekin hozirda men uning jamoasida o'ynayman. Men uni yaqindan taniyman, u ajoyib yigit", - dedi Messi.

Eslatib o'tamiz, Messi PSJ bilan 2023 yilgacha shartnoma imzoladi va bu yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.

Verratti o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o'yin o'tkazib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TMW