Messi, Suares va Maskerano bayram tatilidan so'ng Barselonaga shaxsiy samolyotda qaytishdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2018, 21:28
6 yanvar kuni Ispaniyada La Liga bellashuvlari davom ettiriladi.

Ayni paytda chempionatda yakka peshqadam bo'lib turgan "Barselona" yetakchilari Rojdestvo tatilidan so'ng klub ixtiyoriga qaytib kelishdi.


Jamoa yetakchisi Lionel Messi bayramni oilasi bilan birga vatani Argentinada o'tkazdi. Messi seshanba kuni shaxsiy samolyotda jamoadoshlari Luis Suares va Xaver Maskerano bilan birga Ispaniyaga qaytib keldi. Ular 23 dekabr kuni "El-Klasiko"da qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin safarga ruxsat olishgan edi.

Messi oilasi bilan birga Argentinada o'tkazgan qisqa tatilidan so'ng jamoadoshlari Luis Suares va Xaver Maskeranolar bilan birga Barselonaga qaytib keldi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk