Messi - so'nggi 10 yil ichida eng ko'p g'alabaga erishgan futbolchi

29 dek 2019, 09:39
“Barselona” forvardi Lionel Messi so'nggi o'n yilda Ispaniya chempionatida 260 ta uchrashuvda jamoasi bilan g'oliblikka erishgan.

Bu Yevropaning top-5 chempionatlarida eng yaxshi ko'rsatkichdir. Ushbu ruyxatning kuchli uchligidan “Barsa” yarim himoyachisi Serxio Buskets (245 g'alaba) va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu (244 g'alaba) joy olishdi.

Ulardan keying o'rinlarda “Bavariya” forvardi Tomas Myuller (228), “Barselona himoyachisi Jerar Pike (219), “Real” hujumchisi Karim Benzema (219) joy olishdi.

Joriy mavsumda Messi La Ligada 13 ta uchrashuvda 19 ochko (13+6) to'pladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports