Messi Ronaldudan o'zib ketdi

29 noya 2018, 07:28
“Barselona” hujumchisi YCHLning 5-turida PSV darvozasiga (2:1) gol kiritdi.

Natijada Messining “Barselona” safida YCHLda urgan gollari 106 taga etdi. Shu tariqa Leo bitta klub safida YCHLda eng ko'p gol kiritgan futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Ronaldu “Real” safida 105 ta gol urgandi. Ammo umumiy ro'yxatda Krishti hamon 121 ta gol bilan yetakchi bo'lib turibdi.

YCHLning 2018/19 yilgi mavsumi to'purarlari ro'yxatida Messi Robert Levandovski bilan bir xil - 6 tadan gol urgan holda birinchi o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka