Messi "Real" bilan o'yin haqida: "PSJning maqsadi - YCHLda g'alaba qozonish"

Narzulla Saydullayev
14 dek 2021, 23:52
Futbolchi YCHL qurasi haqida gapirdi.

PSJ hujumchisi Lionel Messi YCHL qur'asi va Parijdagi hayot haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Real Madrid"ga qarshi o'yin? "PSJning maqsadi - YCHLda g'alaba qozonish. Bu maqsad yo'lida har birimiz jang qilamiz. Bu buyuk klublar uchun alohida musobaqa. 

Parijdagi hayot? Yangi klubga o'tish oilamiz uchun katta o'zgarish bo'ldi. Chunki biz uzoq vaqt bir shaharda yashagandik. 

Hozir esa biz hammasiga ko'nikib ketdik. Men esa dunyoning eng buyuk klubida o'ynamoqdamiz. Biz baxtlimiz", -deydi Lionel Messi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: L’Équipe