Messi Real bilan 30 daqiqa o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
15 noya 2015, 16:06
Barselona hujumchisi Lionel Messi Realga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Futbolchi Madrid klubiga qarshi bahsni zaxira o'rindig'ida boshlaydi va 30 daqiqaga maydonga tushadi.

Barselonadagilar Messi Realga qarshi o'ynay olishiga ishonishmoqda. Eslatib o'tamiz, uchrashuv 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Kecha Messi dam olish kuniga qaramay Barselona o'smirlar jamoasi bilan birga mashg'ulot o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: 101 Great goals