Messi rafiqasining do'konini tunashdi

Оқил Абдубарноев
24 noya 2023, 23:09
Argentinaning Rosario shahrida noma'lum shaxslar Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokkustsoga tegishli "Unico" do'konini o'marib ketishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xodimlar do'kondan naqd pul olib ketayotganda noma'lum shaxslar tomonidan hujumga uchragan, xodimlarning mashinasining oynalari singan. Jinoyatchilar pul solingan ikkita sumkani olib, mashinaga qarata o'q uzgan va qochishga muvaffaq bo'lishgan.

Jinoyatchilar 20 ming evroga yaqin pulni o'g'irlab ketishgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Infobae