Messi qatorasiga uchinchi yil LaLigada birinchi bo'ldi

20 may 2019, 21:40
"Barselona" yuragi hisoblangan Lionel Messi ketma-ket uchinchi mavsumdirki, Ispaniya chempionatida to'purar bo'lmoqda.

Joriy mavsum argentinalik yulduz raqiblar darvozasiga 36 ta gol urdi. Shulardan 4tasi penaltidan, 6tasi jarima zarbasidan kiritildi. U shuningdek, 13 marta golli uzatma berdi. 2018/2019 yilgi mavsumda eng yaxshi assistentlar ro'yxatida ham Leo "Sevilya" yarim himoyachisi Pablo Sarabiya bilan birga peshqadamlikni qo'lga kiritdi.

Qayd etish kerak, Messi LaLiga to'purari bo'lgan barcha mavsumda "Oltin butsa" sohibiga aylangan:

2009-10 – 34 ta gol

2011-12 – 50 ta gol

2012-13 – 46 ta gol

2016-17 – 37 ta gol

2017-18 – 34 ta gol

2018-19 – 36 ta gol

Lionel Messi "Barselona" safida LaLiga o'yinlarida 419 marta darvozani muvaffaqiyatli o'qqa tutgan. Uning kataloniyaliklar libosidagi ilk goli 2005 yili "Albasete" klubiga qarshi o'yinda kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: laliga.es