Messi PSJning 3 ta o'yinini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
27 dek 2022
U 3 yanvar kuni mashg'ulotlarga qaytadi va 11-da "Anje" bilan o'ynaydi.

Lionel Messi PSJ mashg'ulotlarini qachon boshlashi ma'lum bo'ldi.

Fransiya klubi hujumchini kelasi seshanba, 3 yanvar kuni mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda, deb yozdi "TyC Sports".

Bu holda Messi PSJning navbatdagi uchta o'yini – Liga 1 doirasidagi "Strasbur" (28 dekabr) va "Lans"  (1 yanvar) bilan o'yinlar, shuningdek, Fransiya Kubogi doirasidagi "Shatoru"ga qarshi bahsda qatnashmaydi. 

Messi 11 yanvar kuni Fransiya chempionati 18-turi doirasidagi "Anje"ga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports