Messi PSJda maoshi kamayishiga rozi emas. Yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar shu sabab to'xtab qoldi

Administrator
24 fev 2023, 23:53
Futbolchi maosh borasida klub bilan kelisha olganicha yo'q.

Lionel Messi va PSJ yangi shartnoma bo'yicha kelisha olishmadi. 

Le Parisien ma'lumotiga ko'ra, Messi "Bavariya"ga qarshi davob uchrashuviga qadar qaror qabul qilmaydi. Qayd etilishicha, PSJ YCHLni tark etadigan bo'lsa, Messi klubni tark etish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 

Muzokaralar Lionel Messining maoshi sabab to'xtab qoldi. 35 yoshli hujumchi PSJ bilan yangi shartnomada uning maoshi kamayishiga rozi emas. 

Ma'lumot uchun, Messi Fransiya chempionati doirasidagi 19 o'yinda 11 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Le Parisien