Messi Pogbaning "Barselona"ga o'tishini istayapti

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" futbolchini yanvarda qo'lga kiritmoqchi. Kataloniya klubi moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun Pogbani mavsum oxirida sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Hujumchi Lionel Messi ham Pogba "Barselona"ga o'tishini istamoqda va bu haqida klub rahbariyatiga murojaat qilishga ulgurdi. Argentinalik MYU yarim himoyachisini Yaponiya klubiga o'tgan Andres Inesta o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star