Messi Parijga uchmadi. U Suares bilan "Barselona"dagi uyida qolgan

Aslanov Jasurbek
9 avg 2021, 19:43
"Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messi hali-hamon PSJ bilan shartnoma imzolash uchun Fransiyaga uchib ketmagan.

"Messi hali ham Barselonada, o'z uyida Suares bilan qolgan. Garchi uni bugun kechqurun ko'plab PSJ muxlislari va OAV xodimlari kutishayotgan bo'lsa-da, hozircha u Parijga kelmadi", - dedi  La Sexta va Antena 3 jurnalisti Mariya Garrido.

Avvalroq 34 yoshli argentinalik forvard francuz klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/mariagarridos