Messi o'zining to'yiga Luis Enrike va Bartomeuni taklif qilmadi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 30 iyun kuni o'zi tug'ilgan Rosario shahrida Antonella Rukuccoga uylanadi.

Messi to'yga barcha jamoadoshlarini chaqirdi, ammo ularning hammasi ham marosimda ishtirok eta olmaydi. So'nggi mavsum klubda ishlagan barcha mutaxassislar ham taklif qilindi. Messi jamoa sobiq ustozi Luis Enrike va klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu boshchiligidagi rahbariyatini to'yiga chaqirmadi.

Luis Enrike 2014 yil "Barselona" ustoziga aylanganida, u va Messi o'rtasida muammolar bo'lgan. Keyinroq ularning munosabatlari o'z joyiga tushib ketgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es