Messi - "Oltin butsa" haqida: "Bu "Barselona"dagilarning xizmati"

Aslanov Jasurbek
24 noya 2017
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi to'rtinchi marotaba "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgani haqida fikr bildirdi.

Sovrinni argentinalikka Luis Suares topshirdi.

"Individual sovrinlar - bu faqat bir kishining emas, balki butun jamoaning xizmati. Jamoadoshlarimsiz buncha gol ura olmagan bo'lardim" - deydi Messi.

Lionel Messi 2016/17 mavsumda Ispaniya chempionatining 34ta uchrashuvida 37ta gol urdi va 74 ball to'pladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca