Messi navbatdagi o'yinlarda o'ynaydimi? Martino javob berdi

Mirjalol Normatov
13 sen 2024
Leo Messi "Inter Mayami"ning navbatdagi uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xerardo Martino ma'lumot berdi.

"Messi bilan barchasi joyida. Kecha u mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Uning navbatdagi o'yinlarda maydonga tushishi ehtimolini ko'rib chiqyapmiz. Shundan keyin o'yin strategiyasini ko'rib chiqamiz, biroq u o'yinga shay. Jamoamizda yana dunyoning eng yaxshi futbolchisi o'ynaydi", - dedi Martino.

Messi Amerika Kubogi finalida jarohat olganidan keyin tiklanish bilan band bo'ldi. 15 sentyabr kuni "Inter Mayami" navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi. MLSda jamoa "Filadelfiya Yunion"ga qarshi o'ynaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN