Messi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadimi?

Aslanov Jasurbek
24 mar 2018, 15:35
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Italiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan (2:0) so'ng, jamoada Lionel Messining holati haqida aytib berdi.

"So'nggi mashg'ulotda Messining mushaklarida muammo borligi uchun u Italiyaga qarshi bahsda ishtirok etmadi. Biz tavakkal qilishni istamadik. U Ispaniya bilan bahsgacha tayyor bo'lishi kerak" - deydi Sampaoli.

Ispaniya hamda Argentina o'rtasidagi uchrashuv 27 mart kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport