

Ma'lum bo'lishicha, parijliklar g'alaba qozona olmagan Liga 1 doirasidagi "Loryan"ga qarshi o'yindan bir necha soat o'tib, bazi futbolchilar vaqtni boy bermaslikka qaror qilishgan.
Jumladan, argentinaliklar birinchilardan bo'lib tatilga jo'nab ketishdi. Manbaning xabariga ko'ra, Anxel di Mariya, Mauro Ikardi va Leandro Paredes Lionel Messining shaxsiy samolyotida uylariga qaytishgan.
Biroq PSJning asosiy futbolchilari Rojdestvo bayramidan so'ng darrov qaytishi yoki Fransiya kubogi doirasidagi uchrashuvni o'tkazib yuborishi hozircha ma'lum emas.



