Messi LaLigadagi 400-goli haqida: "Rekord va raqamlarga alohida e'tibor bermayman"

16 yanv 2019, 16:43
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'rnatgan yangi rekordi to'g'risida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

13 yanvar kuni "Barselona" LaLiga 19-turi doirasida "Eybar" klubini qabul qildi va ushbu o'yinda Messi Ispaniya chempionatidagi 400-golini kiritishga erishdi.

"Shunday natijaga erishganimdan faxrlanaman va bundan ham ko'proq gol urishda davom etishga umid qilaman. Rekord va raqamlarga alohida e'tibor bermayman. Har kuni  keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib sovrin uchun kurashishga fikrimni jamlayman. Jamoaga yordam berishga harakat qilaman, faqat gollarim bilan emas", - deya Messining so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Messi LaLigada 400-golini nishonladi

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo