Messi ketma-ket 10 mavsumdan buyon kamida 25 gol urmoqda

Mirjalol Normatov
24 fev 2019
"Barselona" forvardi Leo Messi Ispaniya chempionati doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.

Shu orqali argentinalik futbolchi LaLigadagi 25-golini urdi. Qayd etish kerak, forvard ketma-ket 10 mavsumdan buyon Primeroda 25 va undan ko'proq gollar kiritmoqda.

Messining eng yaxshi mavsumi 2011/12 yillar bo'lgandi. O'shanda u 49 gol kiritgandi. U Ispaniya chempionatida umumiy 353 gol kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports