Messi jiddiy jarohat olgan Neymarni qo'llab-quvvatladi

Omonjon To`xtamirzayev
19 okt 2023
"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi Urugvay va Braziliya terma jamoalari o'yinida jiddiy jarohat olgan "Al Hilol" hujumchisi Neymarni qo'llab-quvvatladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida argentinalik quyidagi so'zlarni yozib qoldirdi:

"Senga sabr va ulkan quvvat tilayman, Neymar!"

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining xochsimon bo'g'imlari shikastlangan va ichki bo'g'imlar uzilishi aniqlangan. Forvard jarrohlik stoliga yotishi va uzoq muddat tiklanish muolajalarini boshdan o'tkazishga majbur bo'ladi. Neymar taxminan 9 oyni maydon tashqarisida o'tkazishga majbur bo'ladi.   


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia