Messi jarimaga tortilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 may 2021, 00:42
"AS" xabariga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash qoidalarini buzgani tufayli jazolanishi kutilyapti.

U 60 000 evro miqdorda jarima to'laydi.

Messi 3 may kuni Ispaniya chempionatining so'nggi bosqichi oldidan futbolchilarni o'z uyida bir dasturxon atrofida to'plagan.

Xabar qilinishicha, kechki ovqatga 50 ga yaqin kishi tashrif buyurgan, aslida ko'pi bilan 6 kishiga ruxsat berilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS