Messi jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashmadi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2020, 00:56
Argentinalik o'yinchi "Bavariya"ga qarshi o'yinda ishtirok etadimi?

Ma'lumotlarga qaraganda, Leo Messi yakshanba kungi mashg'ulot jarayonlarini o'tkazib yubordi va faqat seshanba yoki chorshanba kuni umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi.

"Napoli"ga qarshi o'yinda Kalidu Kulibalining ishlatgan qo'polligi natijasida sardorning oyog'i shishib ketdi.

Klub shifokorlari futbolchi tezroq tiklanishiga yordam beradigan og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi dori vositalaridan foydalanishyapti.

"Barselona" 33 yoshli futbolchining 14 avgust kuni, chorak finalda "Bavariya"ga qarshi o'ynay olishiga ishonmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS