

O'yin "ko'k-anorranglilar"ning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.
Bu 33 yoshli hujumchining Ispaniya chempionatida gol urgan 300-o'yinidir. Lionel bu borada yaqqol rekordchi hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda Madridning "Real" sobiq hujumchisi Raul Gonsales ketmoqda - 186ta o'yin.
Eslatib o'tamiz, Messi butun faoliyati davomida "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



