Messi: "Islandlar ustidan g'alabaga haqli edik"

Tolibjon Qosimov
16 iyun 2018, 22:43
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Islandiyaga qarshi o'yin (1:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz g'alaba qozonishni xohlagan edik, lekin bu amalga oshmadi. Tezkor gol urdik, ammo islandlar hisobni tenglashtirishdi. Ular himoyada mustahkam turishdi, bo'sh zonalar topish va yorib o'tish qiyin bo'ldi.

Ha, bizda imkoniyat bo'ldi, lekin men undan foydalana olmadim. G'alabaga haqli edik, hozir dam olishga va keyingi uchrashuvga tayyorlanishga vaqt bor", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ТАСС