Messi francuz tilini o'rganmoqda

Mirjalol Normatov
27 yanv 2021, 00:39
"Barselona" forvardi Leo Messi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Canal+" jurnalisti  Joffre Garete xabar bermoqda.

"Leo Messi oilasi bilan birgalikda francuz tilini o'rganayotganligi borasida aniq ma'lumotim bor. "Manchester Siti"ga o'tishi kutilayotgan futbolchining francuz tilini o'rganishidan nima mano?

Manbam juda ishonchli. "Barselona" ham inqirozli davrida uning ketishiga qarshilik qila olmaydi. Unga bo'layotgan kurashda Parij favorit bo'lmoqda", - dedi jurnalist.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal