Messi faoliyatidagi eng tezkor golini urdi

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2023, 21:44
Lionel Messi faoliyatidagi eng tezkor golni urdi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida hisobni ochdi. Gol start hushtagidan 1 daqiqa 19 soniya o'tib urildi.

Bu Lionelning faoliyatidagi eng tezkor gol hisoblanadi. Ilgari uning eng yaxshi ko'rsatkichi 2018 yil “Chelsi” darvozasiga urilgan goli bo'lgan, o'shanda unga 2 daqiqa 7 soniya kerak bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvda argentinaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia