Messi faoliyatida oltinchi marta bir mavsumda 50ta va undan ko'p gol urdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2019, 11:56
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Eybar"ga qarshi bahsda (2:2) dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

Shunday qilib, Messining joriy mavsumda barcha chempionatlarda urgan gollari soni 50taga etdi. Argentinalik faoliyatida 6 marta bu natijaga erishdi.

Forvardning joriy mavsumdagi 50ta goli quyidagicha taqsimlandi: 36 - Ispaniya chempionatida, 12ta - Chempionlar ligasida, 2ta - Ispaniya Kubogida.

Messi quyidagi mavsumlarda 50ta va undan ko'p gol urgan edi: 53ta - 2010/2011, 73 - 2011/12, 60 - 2012/13, 58 - 2014/15, 54 - 2016/17.

Eslatib o'tamiz, Messi 6 marta Ispaniya chempionati to'purariga aylandi. Bu ko'rsatkich bilan u turnir yetakchisi Telmo Sarraga yetib oldi. Lionel va "Barselona" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com