Messi ertaga PSJning umumiy guruhida mashg'ulotlarni davom ettiradi

Alisher
24 sen 2021, 17:40
PSJ hujumchisi Lionel Messi ertaga umumiy guruhda mashg'ulotlarni davom ettiradi.

34 yoshli argentinalik futbolchining katta ehtimol bilan Liga 1 doirasidagi "Monpele"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan.

Klub Chempionlar Ligasi doirasidagi "Manchester Siti" (28 sentyabr)ga qarshi o'yin sabab Messi borasida tavakkal qilmayapti.

Messi "Lion" (2:1)ga qarshi o'yinda chap tizzasidan jarohat olgan va almashtirilgan edi. Forvard joriy mavsum to'liq bo'lmagan ikkita o'yinni o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien