Messi YCHLda yana bir rekord o'rnatdi

29 okt 2020, 09:50
“Barselona” YCHL guruh bosqichi 2-turi doirasida safarda “Yuventus”ni 2:0 hisobida taslim qildi.

Kataloniyaliklarning gollaridan biri Leo Messi hisobiga yozildi. Bu argentinalik futbolchi uchun YCHL guruh bosqichi o'yinlarida urilgan 70-gol bo'ldi. Ushbu natija musobaqa rekordi hisoblanadi. Yani hech qaysi futbolchi Messichalik guruh bosqichi o'yinlarida ko'p gol urmagan. Qayd etish joiz, Leo guruh bosqichida 74 marta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA